Hech bir narsa sportchalik mamlakatni dunyoga tez mashhur qila olmaydi. Islom Karimov


Tayyorgarlik qizg‘in

2015.03.03 | Yangiliklar

Mamlakatimiz maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan «Umid nihollari — 2015» musobaqalarining final bosqichi Urganch shahrida o‘tkaziladi.

Sportning o‘n yetti turi bo‘yicha bahs olib boriladigan ulkan sport bayramiga ham ikki oydan ortiqroq vaqt qoldi.

Shu munosabat bilan bugungi kunda Xorazm viloyatining barcha tumanlarida o‘nlab zamonaviy sport maydonlari, zallari qurib ishga tushirildi. Urganch shahrida esa o‘tgan bir yil davomida «Yoshlik» sport majmuasi bunyod etildi. Bu majmua «Yoshlar sport shaharchasi» deb ataladi.

Musobaqalarga mezbonlik qiladigan sport inshootlarida so‘nggi pardozlash ishlari olib borilmoqda. «Janubgazqurilish» aksiyadorlik jamiyati va uning qoshidagi pudratchi korxonalarning besh yuz nafarga yaqin ishchi-xizmatchilari tomonidan «Yoshlik» sport majmuasiga kiruvchi yopiq suv havzasi, gimnastika zali, kurash, boks, og‘ir atletika, futbol maydonlarida yakuniy ishlar bajarilyapti. Urganch olimpiya zaxiralari kolleji, UrDU qoshidagi 2-son akademik litsey sport zali, gimnastika va tennis maskanlari, yopiq va ochiq tennis kortlari ham qayta ta’mirlanib, tayyor holga keltirildi. Ishtirokchilar yashaydigan yotoqxonalarda barcha sharoitlar yaratiladi, tibbiy xizmat ko‘rsatish xonalari, ovqatlanish joylari, hamma-hammasi a’lo darajada tashkil etilishiga harakat qilinmoqda.

Musobaqalarning asosiy qismi o‘tkaziladigan yopiq manej binosi atrofida ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Ro‘zimboy HASAN,

«O‘zbekiston ovozi» muxbiri.

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi

Materiallardan to'liq yoki qisman foydalanilganda, umidnihollari.uz manbasi ko`rsatilishi shart.

Sayt sinov tariqasida ishga tushirildi.

Sayt yaratuvchisi MUDRM.