Hech bir narsa sportchalik mamlakatni dunyoga tez mashhur qila olmaydi. Islom Karimov


Imkoniyatlar intilishga undaydi

2015.02.19 | Yangiliklar

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi 31-umumta’lim maktabida 400 dan ziyod yoshlar zamonaviy sharoitlarda ta’lim-tarbiya olmoqda.

– O‘tgan 2014-yilda maktabimiz binosi kapital ta’mirlanib, ko‘rkam qiyofaga ega bo‘ldi, – deydi maktab direktori Manzura Hamdamova. – Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan barpo etilgan yangi sport zali ayniqsa, o‘quvchilarni quvontirdi. Keng, yorug‘ va shinam dars xonalari, barcha inventarlar bilan ta’minlangan sport zali zamonaviy sharoitlarda ta’limni tashkil etish imkonini yaratdi.

Maktabda sport to‘garaklari faoliyatining yanada kengaytirilishi o‘quvchilarning turli musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta’minlamoqda. Jumladan, “Umid nihollari – 2015” sport o‘yinlarining tuman bosqichida maktab yoshlari sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

Muqimjon Qodirov (surat), O‘zA

 

 

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi

Materiallardan to'liq yoki qisman foydalanilganda, umidnihollari.uz manbasi ko`rsatilishi shart.

Sayt sinov tariqasida ishga tushirildi.

Sayt yaratuvchisi MUDRM.