Hech bir narsa sportchalik mamlakatni dunyoga tez mashhur qila olmaydi. Islom Karimov


Suzish qoidalari

2015.04.01 | Suzish

 S U Z I Sh

Jamoa tarkibi – 10 kishi. Sportchilar 8 (4 nafar o`smir, 4 nafar qiz) nafar, murabbiylar – 1 nafar, hakam 1 nafar.

Musobaqalar O`zbekiston Suzish federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan qoidalar asosida o`tkaziladi.

Musobaqalar dasturi:

O`smirlar: 100m., 200 m - brass; 50m., 100m., 200m., - erkin usul; 50., 100m., - batterfley; 50 m, 100 m., 200 m. – orqada, estafeta 4x50m., - erkin usul; estafeta 4x50m., - aralash suzish usulida.

Qizlar: 50., 100m., 200 m. - brass; 50m., 100m., 200m., - erkin usul; 50m., 100m., - batterfley; 50 m., 100 m., 200 m. – orqada, estafeta 4x50m., - erkin usul; estafeta 4x50m., - aralash suzish usulida.

Sinov tizimi har bir turga 2 sportchini qo`yish mumkin va ular estafetalarida ishtirok etishga haqlidir. Har bir qatnashchi dasturidagi o`zining 2 oraliq masofasi (distantsiya) va estafetada qatnashishga ruxsat etiladi.

Jamoa birinchiligi eng ko`p to`plangan nisbatan ochkolar bo`yicha baholash jadval asosida 1 – XIV o`rinlar uchun shaxsiy musobaqalardagi ochkolar yig`indisiga qarab aniqlanadi.

Estafetalarda musobaqalar «2» koeffitsentiga ko`paytirib hisoblanadi. Jamoalarning ochkolari teng bo`lib, qolgan hollarda, jamoalar 1 chidan 6 o`ringacha to`plagan oltin, kumush, bronza medallari soni bilan aniqlanadi.

 

 

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi

Materiallardan to'liq yoki qisman foydalanilganda, umidnihollari.uz manbasi ko`rsatilishi shart.

Sayt sinov tariqasida ishga tushirildi.

Sayt yaratuvchisi MUDRM.