Hech bir narsa sportchalik mamlakatni dunyoga tez mashhur qila olmaydi. Islom Karimov


Kuchlilar saralanmoqda

2015.04.23 | Futbol

Maktab o‘quvchilarining «Umid nihollari — 2015» respublika sport musobaqalari dasturidan joy olgan futbol, voleybol, boks bo‘yicha mintaqaviy bosqich bahslari boshlandi.

Millionlar o‘yini — futbol musobaqalari Guliston shahrida uyushtirilmoqda. Qur’aga ko‘ra, o‘n to‘rtta terma jamoa to‘rt guruhga bo‘lingan holda shu yilning may oyida Urganchda o‘tkaziladigan «Umid nihollari — 2015» respublika sport musobaqalari final bosqichiga beriladigan to‘rtta yo‘llanma uchun kurash olib boryapti.

— Har bir o‘yin shiddatli va murosasiz kechmoqda, — deydi mintaqaviy bosqich tashkiliy guruh rahbari Bilol A’zamov. — Musobaqa nizomiga ko‘ra, har bir guruhning yetakchi ikki jamoasi «pley-off» bahslariga yo‘llanma oladi. Chorak finalda g‘alaba qozongan eng kuchli to‘rt jamoa esa «Umid nihollari — 2015» respublika sport musobaqalari final bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi.

Dastlabki natijalar bilan tanishing: «A» guruhi. Samarqand — Jizzax — 3:0, Jizzax — Buxoro — 1:3. «V» guruhi. Toshkent viloyati — Farg‘ona — 2:8, Toshkent shahri — Andijon — 5:0. «S» guruhi. Surxondaryo — Qashqadaryo — 0:2, Xorazm — Qashqadaryo — 0:3. «D» guruhi. Sirdaryo — Navoiy — 0:0, Qoraqalpog‘iston — 2:1.

Shuningdek, ayni paytda Samarqandda voleybol bo‘yicha qizlar va o‘smirlar o‘rtasida , Chirchiq shahrida esa boks bo‘yicha mintaqaviy bahslar davom etmoqda.

Erkin XOLBOBO

 

 

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi

Materiallardan to'liq yoki qisman foydalanilganda, umidnihollari.uz manbasi ko`rsatilishi shart.

Sayt sinov tariqasida ishga tushirildi.

Sayt yaratuvchisi MUDRM.