Hech bir narsa sportchalik mamlakatni dunyoga tez mashhur qila olmaydi. Islom Karimov


Futbol qoidalari

2015.04.01 | Futbol

 F U T B O L

Jamoa tarkibi - 16 kishi. Sportchilar – 15 nafar, murabbiy – 1 nafar.

Musobaqalar O‘zbekiston futbol federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan “Futbol o‘yini qoidalari” va FIFA uslubiy ko‘rsatmasiga asosan o‘tkaziladi.

Barcha bosqichda g‘olib bo‘lgan jamoga 3 ochko, durang bo‘lganda 1 ochko, mag‘lub bo‘lgan jamoga 0 ochko beriladi.

Jamoalar bir xil ochkolarga ega bo‘lgan taqdirda quyidagicha aniqlanadi:

- o‘zпaro uchrashuvlardagi natija;

- o‘zaro o‘yinlardagi urilgan va o‘tkazib yuborilgan toplar nisbatiga;

- o‘yinlardagi urilgan va o‘tkazib yuborilgan toplar nisbatiga

- agar barcha ko‘rsatgichlar teng bo‘lgan taqdirda qura tashlash orqali aniqlanadi.

Musobaqa ro‘yxatida ko‘rsatilmagan yoki o‘yindan chetlashtirilgan o‘yinchining qatnashtirilishi uchun jamoaga mag‘lubiyat yoziladi.

O‘yin jarayonida 4 tagacha o‘yinchini almashtirishga ruxsat etiladi.

Norozilik bildirmoqchi bo‘lgan jamoa vakili o‘yin tugashi bilanoq Bosh hakamni va raqib jamoasi vakilini norozilik bildirmoqchi ekanligidan zudlik bilan ogoh etishi kerak.

Yozma norozilik to‘la asosli, vakil imzosi qo‘yilgan va Bosh hakamlar hay‘atiga o‘z vaqtida topshirilgan bo‘lmog‘i lozim (norozilik o‘yin tugagandan keyin 1 soat mobaynida ko‘rib chiqiladi).

Quyidagi hollarda norozilik ko‘rib chiqilmaydi:

- hakamlar tomonidan 11 metrlik jarima to‘pi belgilanganligi yoki belgilanmaganligi;

- o‘yindan tashqari holat belgilangani yoki belgilanmagani;

- darvoza to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ishg‘ol qilinganligi;

- ortiqcha vaqt o‘ynalganda.

O‘yin davom etish muddati: 2 taym 40 daqiqadan iborat, tanaffus 15 daqiqa.

O‘rinlar uchun o‘yinlarda durang natijasi qayd qilinsa, g‘olib jamoa 11 metrlik belgidan jarima to‘plarni 5 marotabadan tepish yordamida aniqlanadi. Shunda ham hisob durang bo‘lsa, birinchi xatogacha davom ettiriladi.

O‘yin maydonidan chetlatilgan futbolchi avtomatik ravishda bitta o‘yinda qatnashmaydi va keyingi o‘yinlardagi ishtiroki hakamlar hay‘atida muhokama qilinadi va tegishli qarorga kelinadi.

Futbolchi o‘yinda ikki marotaba ogohlantirilsa, navbatdagi o‘yinga qo‘yilmaydi. Bir o‘yin davomida ikki marotaba ogohlantirilsa, futbolchi o‘yindan chetlashtiriladi. Bundan avvalgi olgan ogohlantirishlari undan soqit qilinmaydi.

O‘yindan chetlashtirilgan yoki talabnomada ko‘rsatilmagan futbolchini qatnashishi, shuningdek, o‘yinga kelmagan taqdirda jamoaga 0-3 hisobida texnik mag‘lubiyat yoziladi.

 

 

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi

Materiallardan to'liq yoki qisman foydalanilganda, umidnihollari.uz manbasi ko`rsatilishi shart.

Sayt sinov tariqasida ishga tushirildi.

Sayt yaratuvchisi MUDRM.