Hech bir narsa sportchalik mamlakatni dunyoga tez mashhur qila olmaydi. Islom Karimov


Nukusda “Umid nihollari” musobaqasining futbol turniri

2014.12.12 | Futbol

Nukus shahridagi “Turon” o’yingohida 24-26 noyabr kunlari maktab o’quvchilarining “Umid nihollari” o’yinlari dasturidan o’rin olgan futbol turnirining Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichi bo’lib o’tdi.

Unda 15 ta jamoa ishtirok etdi. Barcha o’yinlarni ko’tarinki ruhda o’tkazgan Nukus shahrining yosh “charm to’p” ustalari shohsupaning birinchi pog’onasini egallashdi. To’rtko’l tumani jamoasi ikkinchi, Qo’ng’irot tumani vakillari uchinchi o’rindan joy egallashdi.

Ushbu turnir mobaynida kelasi yili Xorazm vohasida uyushtiriladigan “Umid nihollari-2015” musobaqasining respublika bosqichida qatnashadigan terma jamoaga nomzodlar saralab olindi.

Ikrom Xudoybyerganov,

“Turkiston-press”

 

 

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi

Materiallardan to'liq yoki qisman foydalanilganda, umidnihollari.uz manbasi ko`rsatilishi shart.

Sayt sinov tariqasida ishga tushirildi.

Sayt yaratuvchisi MUDRM.