Hech bir narsa sportchalik mamlakatni dunyoga tez mashhur qila olmaydi. Islom Karimov


O‘quvchi-sportchilar bellashdi

2015.03.02 | Dzyu-Do

 

 

 

 

 

 

 

Respublika olimpiya zaxiralari kollejida dzyudo bo‘yicha 5-9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Umid nihollari – 2015” sport musobaqalarining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda o‘sib kelayotgan avlodni sportga keng jalb etish maqsadida joriy qilingan uch bosqichli sport tizimi – “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va Universiada sport o‘yinlari nafaqat yetuk sportchilarni tarbiyalash, ayni vaqtda jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning muhim omiliga aylandi. 

Joriy yilda umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Umid nihollari – 2015” sport musobaqalari Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tadi. Mazkur sport bayramiga poytaxtlik o‘g‘il-qizlar ham puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Musobaqaning vazni 42 kilogrammgacha bo‘lgan yosh polvonlar bellashuvida Abdurahim Sharipovga teng keladigan raqib topilmadi. 48 kilogramm vazn toifasida gilamga chiqqan Aziz Avazmurodov barcha raqibini yengib, birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, vazni 55 va 66 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida Temur Abishev va Ibrohim To‘raqulov eng yuqori pog‘onadan joy oldi.
 

Javohir Toshxo‘jayev, Muhammad Amin (surat), O‘zA

 

 

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi

Materiallardan to'liq yoki qisman foydalanilganda, umidnihollari.uz manbasi ko`rsatilishi shart.

Sayt sinov tariqasida ishga tushirildi.

Sayt yaratuvchisi MUDRM.