Hech bir narsa sportchalik mamlakatni dunyoga tez mashhur qila olmaydi. Islom Karimov


Andijonlik yoshlar – g‘olib

2015.02.09 | Gandbol

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Poytaxtimizda gandbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston gandbol federatsiyasi tomonidan navqiron avlod o‘rtasida gandbolni yanada rivojlantirish, iqtidorli sportchilarni kashf etish hamda joriy yil Xorazmda bo‘ladigan “Umid nihollari – 2015” sport o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etilgan musobaqada mamlakatimizning barcha hududidan yosh iqtidorli sportchilar g‘oliblik uchun bahslashdi.
Chempionat finalida andijonlik gandbolchilar Toshkent shahri jamoasini 26:24 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Uchinchi o‘rin uchun bahs Farg‘ona va Buxoro viloyatlari jamoalari o‘rtasida kechdi. Unda farg‘onalik yoshlar 30:29 hisobida g‘alaba qozondi.

Javohir Toshxo‘jayev, Muhammad Amin (surat), O‘zA

 

 

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi

Materiallardan to'liq yoki qisman foydalanilganda, umidnihollari.uz manbasi ko`rsatilishi shart.

Sayt sinov tariqasida ishga tushirildi.

Sayt yaratuvchisi MUDRM.