Hech bir narsa sportchalik mamlakatni dunyoga tez mashhur qila olmaydi. Islom Karimov


Yengil atletika qoidalari

2015.04.01 | Yengil atletika

Y E N G I L   A T L E T I K A

Shaxsiy-jamoa musobaqalari

Jamoa tarkibi – 10 kishi. Sportchilar 8 (4 nafar o’smir, 4 nafar qiz) nafar, murabbiylar – 1 nafar, hakam- 1 nafar.

Musobaqalar IAAF tomonidan tasdiqlangan qoidalar asosida o’tkaziladi.

O’smirlar yugurishi - 100, 200, 400, 800, 1500, 3000 m.ga, estafeta 4x100 m, 4x400 m, 110 m, to’siqli yugurish, balandlikka, uzunlikka va uzunlikka uch hatlab sakrash;

Qizlar yugurishi - 100, 200, 400, 800,1500, 3000 metrga, 100 m, to’siqlar osha yugurish, estafeta 4x100m, 4x400 m, balandlikka,uzunlikka va uzunlikka uch hatlab sakrash.

Sinov tizimi dasturning har bir turiga 2 kishidan ko’p bo’lmagan va 1 tadan estafeta jamoasini taqdim etishi mumkin. Har bir qatnashchi dasturdagi o’zining 2 oraliq masofasi (distantsiyasi) va 2 estafetada ishtirok etishi mumkin.

Jamoa birinchiligi I–XIV o’rinlar uchun shaxsiy birinchilik va estafetada ko’rsatilgan natijalar baholari jadval bo’yicha hisoblangan ochkolarning ko’p miqdori bo’yicha aniqlanadi. Jamoa birinchiligini aniqlash uchun 17 ta natija hisobga olinadi va qo’shimcha 3 ta estafetadagi natija bilan aniqlanadi. Jami 20 ta natija bo’ladi.

Jamoalar to’plagan ochkolari teng bo’lgan hollarda I, II, III, IV, V, VI va hokazo o’rinlarga ega bo’lgan jamoa ustunlik qiladi. Estafetalarda ochkolar «2» koeffitsienti bilan hisoblanadi.

 

 

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi

Materiallardan to'liq yoki qisman foydalanilganda, umidnihollari.uz manbasi ko`rsatilishi shart.

Sayt sinov tariqasida ishga tushirildi.

Sayt yaratuvchisi MUDRM.